Rossiyada 18-qavatdan yiqilgan erkak 10 yashar qizning ustiga tushdi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashaydigan 46 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 18-qavatidan yiqilib, 10 yoshli qizning ustiga tushdi. Erkak vafot etgan, 10 yoshli bolaning oyog‘i singan. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 1 fevral kuni soat taxminan 10:00 atrofida Komendantskiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Erkak 18-qavat balkonidan yiqilib, onasi bilan maktabga ketayotgan qizning ustiga tushgan. Erkak vafot etgan, qizning esa oyog‘i singan.

“Erkak 2011 yilda tug‘ilgan qizni ustiga tushdi, ota-onasi qizni 2-sonli bolalar shahar shifoxonasiga olib bordi. Dastlabki tashxis – oyog‘i singan. Shifoxonadan keyin oila voyaga yetmaganlar ishlari bo‘limida so‘roq qilinadi”, degan agentlik suhbatdoshi. 

Ma’lum bo‘lishicha, marhum rafiqasi va onasi bilan yashagan, voqea sodir bo‘lgunga qadar unga ish beruvchi qo‘ng‘iroq qilgan, erkak esa gaplashish uchun balkonga chiqqan.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bir kun oldin Moskva sharqida besh yoshli bola ham 18-qavatdan qulab tushib, vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing