Rossiyada 17 qavat balandlikdan qulab tushgan migrant halok bo‘ldi
Olam
−
29 Oktabr 2019
3829Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Pit-Yax shahrida turar-joy binosi qurilishi chog‘ida bir nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda "Surguternovosti" xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bu odam qurilish maydonida prorab bo‘lib ishlagan. Shu yilning 27-oktyabr kuni kechqurun tojikistonlik va boshqa bir ishchi shag‘al uchun kelayotgan edi. Tojikiston fuqarosi liftdan foydalanishga to‘g‘ri keldi.
Biroq, lift pastda edi. U esa buni payqamay shaxtaga yaqinlashdi va 17-qavat balandlikdan qulab tushdi. Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, ish paytida shaxtada yorug‘lik yo‘q edi, shuning uchun tushib ketgan shaxsning qayerdaligini ko‘ra olishmadi.
Ta’kidlanishicha, uyda marhum erkakning xotini va uch nafar bolasi qolgan.
Bunga o‘xshash holat joriy yilning avgust oyida Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonida sodir bo‘lgandi. O‘shanda to‘rt nafar mehnat muhojiri lift shaxtasiga tushib ketgan edi. O‘shanda ishchilar yiqilish natijasida jiddiy jarohatlar olgan, ammo shifoxonaga mustaqil ravishda borishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq, Rossiyaning Vladivostok shahrida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi