Rossiyada 12 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgan o‘zbekistonlik hibsga olindi

Jamiyat

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida o‘zbekistonlik mehnat muhojiri 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda 78.ru huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 iyul kuni 31 yoshli ayol politsiyaga murojaat qilib, Latviyalik o‘qchilar ko‘chasidagi 9-sonli uy yonida noma’lum shaxs tomonidan 2009 yilda tug‘ilgan qizi zo‘rlanganini aytgan. 

Xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan politsiya to‘plangan ma’lumotlar va berilgan ko‘rsatmalar asosida 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosini hibsga olgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida ham shunga o‘xshash holat yuz berib, unda 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ko‘p qavatli uyning kirish qismida 15 yoshli qizni zo‘rlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

702

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing