Rossiyada 11 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan xitoylik qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Asinov shahar sudi “Grinvud” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori – Xitoy fuqarosi Sun Anyini to‘rt yilga qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xitoylik Sun Anyi 2020 yilning yanvar oyida Prichulim qishlog‘ida yonib ketgan 12 muhojirning o‘limida aybdor, deb topilgan. O‘sha 12 muhojirning 11 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Bundan tashqari, yonib ketgan yog‘ochli uyda “Grinvud” MCHJning jami 14 ishchisi istiqomat qilgan

Ma’lumot uchun, xususiy taxta zavodi hududida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy tergov bo‘limi jinoyat ishi ochgan. Bu ish doirasida Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Beparvolik tufayli ikki yoki undan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lish) bilan “Grinvud” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sun An’i hibsga olingan.

Keyinchalik tergov 109-modda bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yopgan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 219 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) hamda 238-moddalari (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Xabarga ko‘ra, sud jarayonida prokuror ish beruvchi – Sun Anyiga 4,5 yil qamoq jazosi berishni so‘ragan. Biroq, sudya 4 yil bilan cheklangan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing