Rossiyada harbiy samolyot halokatga uchradi (video)
Olam
−
19 aprel
6805Rossiyaning Stavropol o‘lkasi hududida harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Stavropol gubernatori Vladimir Vladimirovga tayanib, RBK xabar berdi.
Qayd etilishicha, Stavropol o‘lkasining Krasnogvardeyskiy tumani hududiga samolyot qulagan. Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, Tu-22M3 jangovar topshiriqni bajarib, aerodromga qaytayotgan bo‘lgan.
“Krasnogvardeyskiy tumanidagi dalaga samolyot qulab tushdi. Uchuvchilar havodan katapultatsiya qilgan. Ekipajning to‘rtinchi a’zosi vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Vazirlikka ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Keyinroq gubernator Vladimirov harbiy samolyotning ikki uchuvchisi tibbiyot muassasalariga yetkazilgani va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Tu-22M3 uzoq masofali, tez uchuvchi raketa tashuvchi-bombardimonchi samolyot hisoblanadi. U boshqariladigan raketalar va aviabombalar yordamida aerodromlardan 2200 kilometrgacha bo‘lgan masofada dengiz va quruqlikdagi nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qrimdagi Sevastopolda harbiy samolyot dengizga qulab tushgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi