Rossiya Yevropaning Navalniy bo‘yicha talabiga javob qaytardi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi rasmiy Moskvadan Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyni joriy yilning 7 iyuniga qadar ozodlikka chiqarishni so‘ragan rezolyutsiyasiga rad javobini berdi. Bu haqda “Meduza” xabar qildi.

Yevropa Kengashi Parlament assambleyasining Navalniy uchun ozodlik so‘ralgan va rasmiy Moskvaga yo‘llangan rezolyutsiyasi kecha, 22 aprel kuni tasdiqlandi. Uni 105 kishi ma’qullagan, 26 kishi qarshi ovoz bergan, 11 nafar deputat betaraf qolgan.

Yevropa Kengashi Parlament assambleyasidagi RF Federal Majlisi delegatsiyasi rahbari Pyotr Tolstoy rezolyutsiyaga o‘z munosabatini bildirdi.

“Rossiya Yevropa Inson huquqlari sudi va Yevropa Kengashining boshqa institutlarining siyosiylashtirilgan qarorlari delegatsiyamiz yo‘qligida qabul qilinsa hamda Konstitutsiyamizga yoki Rossiya sudining qaroriga zid bo‘lsa, bajarmaydi”, degan Tolstoy.

Rezolyutsiyada ta’kidlanishicha, muxolifatchining koloniyaga tushishiga sabab bo‘lgan “Iv Roshe” ishi bo‘yicha Navalniyga o‘qilgan xukm Yevropa Inson huquqlari sudi tomonidan adolatsiz deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan muxolifatchi bilan har qandey noxush hodisa sodir bo‘lsa, Rossiya hukumati javob berishini aytgandi.

Bunga javoban Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml AQSH rasmiylarining tahdidini hech qanday tarzda qabul qilmasligini aytib, agar AQSH sanksiya bosimini davom ettirsa, Rossiya ham javob choralarini qo‘llashda davom etishini ta’kidlagandi.

Ma’lumot o‘rnida, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KQKF) ta’sischisi, muxolifatchi Aleksey Navalniy 2020 yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytdi va o‘sha vaqtdayoq hibsga olingan. Keyinroq esa sud qilinib, qamaldi.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing