Rossiya Yevropa Kengashidan chiqdi

Olam

image

Bugun, 15 mart kuni Rossiyaning Yevropa Kengashidan chiqishi haqidagi bildirishnoma tashkilot Bosh kotibi Mariya Peychinovich-Burichga topshirildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi. 

“NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevropa Kengashidagi ko‘pchilikni suiiste’mol qilgan holda, bu tashkilotni izchil ravishda Rossiyaga qarshi siyosat quroliga aylantirmoqda, teng huquqli muloqot va ushbu umumevropa siyosatining barcha tamoyillaridan voz kechmoqda.

25 fevral kuni ular Rossiyaning Yevropa Kengashining nizom organlaridagi vakilligini to‘xtatib turish to‘g‘risida kamsituvchi qaror qabul qildilar.

Bunday sharoitda mamlakatimiz Yevropa Kengashida qolmaydi. 15 mart kuni Bosh kotib Mariya Peychinovich-Burichga Rossiya Federatsiyasi tashkilotdan chiqishi to‘g‘risida bildirishnoma berildi", deyiladi TIV bayonotida.

TIVga ko‘ra, qit’adagi umumiy gumanitar va huquqiy makonning yo‘q qilinishi, Rossiyasiz butun Yevropa koordinatalarini yo‘qotadigan Yevropa Kengashining o‘zi uchun,  oqibatlari uchun barcha javobgarlik Rossiyani bu qadamga majburlaganlar zimmasiga tushadi

Shu bilan birga, diplomatik missiya bayonotida ta’kidlanishicha, Rossiya Yevropa Kengashidan chiqib, Tashkilot a’zolari bilan o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha va Rossiya qaror qabul qiladigan konvensiyalar doirasida pragmatik va teng huquqli hamkorlikni davom ettiradi. 

Bayonotda qayd etilishicha, Rossiya Yevropa Kengashidan chiqqanidan keyin ham, agar ular Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasa, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining allaqachon qabul qilingan qarorlarini bajarishda davom etadi. 

"Yevropa Kengashining asosiy shartnoma-huquqiy hujjatlari qoidalari Rossiya qonunchiligiga kiritilgan. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining allaqachon qabul qilingan qarorlari Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga zid bo‘lmasa, ularni amalga oshirish davom etadi", deyiladi hujjatda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

669

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing