Rossiya YeIning 18 xodimini haydadi
Olam
−
15 aprel 2022
9022Rossiya o‘z xodimlarining Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasidan chiqarib yuborilishiga javoban YeIning Moskvadagi delegatsiyasining 18 nafar xodimini persona non grata (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Yevropa Ittifoqining nodo‘stona harakatlariga javoban YeIning Rossiyadagi delegatsiyasining 18 nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilindi va ular tez orada mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi. Tegishli nota [Yevropa Ittifoqining Moskvadagi delegatsiyasi rahbari] Markus Edererga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, TIV YeIning Moskvadagi elchisiga Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasining 19 nafar xodimi asossiz chiqarib yuborilgani yuzasidan norozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yil boshidan buyon xorijiy davlatlar 400 dan ortiq turli darajadagi rossiyalik diplomatik xodimlar chiqarib yuborilganini e’lon qildi. Uch oydan sal ko‘proq vaqt ichida davlatlar so‘nggi 17 yildagi jami ko‘rsatkichdan ko‘proq rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi. Xususan, 2004 yildan 2021 yilgacha 364 kishi xorijiy davlatlardan chiqarib yuborilgan.
LiveBarchasi