Rossiya YeCHL finaliga ajratgan mablag‘ini nimaga sarflashi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri vitse-gubernatori Boris Piotrovskiy Yevropa Chempionlar ligasi finali uchun ajratilgan pullar qanday maqsadlarda sarflanishini ma’lum qildi. 

“Bugungi kunda Sankt-Peterburg yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazuvchi timsoliy markazlardan biri bo‘lib, bizda barcha zarur resurslar va infratuzilma mavjud. Bu esa xorijlik hamkasblarimizga yaxshi ma’lum, shuning uchun bunday qaror siyosiy tarafkashlik ekanligi ko‘rinib turibdi. Aslida sport siyosatdan tashqarida ekanligi va u bo‘linishi emas, birlashishi kerakligi qayta-qayta ta’kidlangan.

Yana shuni aytmoqchimanki, biz Chempionlar ligasi final o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun sarflashni rejalashtirgan mablag‘imiz bolalar sport maktablarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi”, deb yozdi Piotrovskiy o‘zining Telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi fonida YeCHL final bahsi Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirilgandi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing