Rossiya yangi lazer qurolini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya besh kilometr masofadagi dronlarni besh soniyada yoqib yuborishga qodir lazerni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov “Yangi ufqlar” marafonida aytib o‘tdi.

“Biz katta quvvatga ega bo‘lgan, turli vositalarni termik yo‘q qilishga imkon beruvchi lazer tizimlarini ishlab chiqdik va amalda seriyali ishlab chiqarishni boshladik”, degan Bosh vazir o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar davomida uchuvchisiz transport vositasi “shunchaki yonib ketgan va yo‘q qilingan”.

Rasmiy, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2018 yilda gapirgan “Peresvet” jangovar lazer tizimini seriyali yetkazib berish boshlanganini ham e’lon qilgan. U bir yarim ming kilometr balandlikdagi orbitalarda sun’iy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘yishga qodir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing