Rossiya “Yandeks”dan foydalanuvchilarga oid qaysi ma’lumotlarni olishi ma’lum qilindi

Texnologiya

image

“Yandeks” kompaniyasi vakillari birinchi marotaba qanday ma’lumotlarni Rossiya hukumatiga berishini va kompaniyaga hukumatdan qancha so‘rovlar kelib tushishini ochiqladi. Barcha ma’lumotlar “Yandeks” rasmiy saytidagi shaffoflik to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan. 

Hisobotga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida Rossiya Federatsiyasi davlat organlari foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab, “Yandeks”ga 15 ming 300 ga yaqin so‘rov yuborgan. Kompaniya shulardan 12 ming 900 tasiga javob bergan.

Shuningdek, rasmiylar talab qilgan eng ko‘p so‘rovlar “Yandeks.Passport” va “Yandeks.Pochta” xizmatlarining foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu ikki xizmat foydalanuvchilari to‘g‘risida joriy yilning yanvar – iyun oylarida 8,8 ming so‘rov kelib tushgan. 

Hisobotda yozilishicha, kompaniya foydalanuvchilarning pochta xizmatidan faqat sud qarori asosida ma’lumot berishi mumkin.

Keyingi o‘rinda “Yandeks.Taksi” foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar joy olgan. 2020 yilning dastlabki olti oyida kompaniyaga 5,2 mingta so‘rov kelib tushgan, ulardan 4,1 mingtasi qondirilgan. Yandeksning boshqa xizmatlari bo‘yicha Rossiya hukumatidan 1,2 mingta murojaat kelib tushgan, kompaniya vakillari ularning mingdan ortig‘iga javob bergan.

Farrux Murodqulov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing