Rossiya yana bir davlat diplomatini haydab yubordi
Olam 31 may 21:20
10391
Rossiya Chernogoriyaning Moskvadagi elchixonasi xodimini persona non grata (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bergan.
“Bugun, 31 may kuni Chernogoriyaning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Milorad Shchepanovich Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilindi va Chernogoriyaning Moskvadagi elchixonasi xodimining shaxsini non grata deb e’lon qilish to‘g‘risida nota topshirildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu chora Chernogoriyaning Rossiyaning Podgoritsadagi elchixonasining bir qator diplomatlarini persona non grata deb e’lon qilishi bo‘yicha qabul qilingan qaroriga javobdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni Chernogoriya Tashqi ishlar vazirligi to‘rt nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilib, ular yetti kun ichida mamlakatni tark etishi kerakligini aytgan.