Rossiya yana 5 davlat bilan muntazam parvozlarni tiklamoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya joriy yilning 25 mayidan boshlab Islandiya, Malta, Meksika, Portugaliya va Saudiya Arabistoni bilan parvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqida “Interfaks” agentligi xabar berdi.

Rossiyaga koronavirusning kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtabning kecha, 14 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingan.

RF Bosh vaziri Tatyana Golikova raisligidagi shtab Islandiya, Malta, Meksika, Portugaliya va Saudiya Arabistoni bilan reyslarni o‘zaro ochish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra:

•  Islandiya bilan reyslar haftada ikki marta Moskva-Reykyavik yo‘nalishida amalga oshiriladi.

•  Maltaga haftada ikki marta Moskva-Valetta yo‘nalishida parvozlar amalga oshiriladi.

•  Meksikaga haftasiga uchta reys Moskva-Kankun yo‘nalishida parvoz qiladi.

•  Portugaliyaga Moskva-Lissabon yo‘nalishida haftada uchta reysning parvozi rejalashtirilgan.

•  Saudiya Arabistoniga haqtasiga uch marotaba Moskva-Jidda yo‘nalishida parvozlar qo‘yiladi. Grozniy va Maxachqal’adan Jiddaga haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, shtab 25 maydan Janubiy Koreya bilan o‘zaro muntazam reyslar sonini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi:

Mamlakatlarga parvoz davomida sanitariya- epidemiologiya qoidalariga rioya qilinishi zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston muntazam parvozlar joriy yilning 1 aprelidan tiklangandi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing