Rossiya va Ukraina 27 yillik kelishuvni buzdi
Olam
−
24 avgust 2022
12049Ukraina daromad va mol-mulkni ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi bilan tuzilgan kelishuvni buzdi. Bu haqda Rossiya Moliya vazirligi bayonotida aytiladi.
“Ukraina joriy yilning 8 iyundagi 612119/23-017-65-sonli eslatma bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati va Ukraina hukumati o‘rtasida ikki tomonlama soliqqa tortilishning oldini olish to‘g‘risidagi Bitim bekor qilingani to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasini rasman xabardor qildi”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risidagi bitim o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu shuni anglatadiki, Rossiyaning Ukrainada yashovchi soliq rezidentlari va Rossiyada yashovchi Ukrainaning soliq rezidentlari ikkala davlatda soliq to‘laydilar.
Shartnomaning xuddi shu tarzda bekor qilinishi ikki davlatdan birida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, ikkinchisida yashovchi fuqarolarga ta’sir qiladi.
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ushbu shartnoma 1995 yilda imzolangan.
LiveBarchasi