Rossiya va Turkiya Ukraina portlaridan don olib chiqish ishini deyarli pishitdi

Olam

image

Rossiya va Turkiya Mudofaa vazirligi delegatsiyalari Moskvada muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar turk savdo kemalarining Ukraina portlaridan xavfsiz chiqishi va donni xavfsiz eksport qilish ssenariylarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokaralarda tomonlar Qora dengizda xavfsiz navigatsiyani ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni muhokama qilgan. Delegatsiyalar Turkiyaning “Azov Konkord” yuk kemasining Mariupol portidan xavfsiz chiqib ketishi masalasiga alohida e’tibor qaratgan.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, tez orada Rossiya va Turkiya mudofaa vazirliklari orqali Ukrainada qolib ketayotgan donni olib chiqish uchun don yo‘lagi yaratish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

Shuningdek, 27 iyundan 3 iyulgacha Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi, unda g‘alla masalasi muhokama qilinishi bildirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ukrainada davom etayotgan urush tufayli Rossiya ukrain portlarini to‘sib qo‘ygan, natijada u yerdan g‘allani dunyo bozoriga olib chiqish imkonsiz bo‘lib qolgan. G‘arb yetakchilarining fikricha, bu holat kelajakda Afrika, Lotin Amerikasi hamda Karib havzasidagi qashshoq mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligi va ocharchilikka olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing