Rossiya va NATO o‘rtasida hamkorlik to‘xtadi

Olam

358240

Rossiya va NATO o‘rtasida fuqarolik va harbiy liniya bo‘yicha hamkorlik butunlay to‘xtab qoldi, deb aytmoqda RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Grushkoning ta’kidlashicha, Shimoliy atlantika alyansi rasmiy Moskva bilan munosabatlardagi ilojsiz ahvoldan qanday chiqishni bilmaydi.

“Alyans munosabatlarni yaxshilash uchun bildirilgan barcha takliflarni rad qildi. Bizning munosabatlarimiz avval ham uzilib qolgan – 1999 yilda NATO Yugoslaviyani bombalaganda, 2008 yilda Janubiy Osetiya mojarosidan keyin. Bugungi inqiroz birinchisi emas, ammo eng uzoq davom etgani”, degan Grushko.

Grushko Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy to‘qnashuvning kelib chiqishi butun insoniyat uchun fojia bo‘lishini qayd etib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-NATO

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar