Rossiya va Xitoy Janubiy Koreya yaqinida bombardimonchi samolyotlarini uchirdi

Olam

image

Bugun, 30 noyabr kuni Xitoyning ikkita, Rossiyaning oltita samolyoti Janubiy Koreyaning havo hududidan mudofaa zonasiga kirib kelgan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoyning H-6 bombardimonchi samolyotlari Koreyaning janubiy va shimoli-sharqiy sohillaridagi Koreya havo mudofaasini aniqlash zonasiga bir necha marta kirib chiqqan.

Shuningdek, Rossiyaning TU-95 bombardimonchi va SU-35 qiruvchi samolyotlari koreyaliklar Sharqiy dengiz deb atovchi Yapon dengizi hududiga kirib, 18 daqiqadan so‘ng chiqib ketgan.

Seul shtab boshliqlarining bayonot berishicha, Xitoy va Rossiya samolyotlari havodan mudofaa zonasiga kirishidan oldin o‘z harbiy kuchlarini jo‘natgan. Biroq samolyotlar Janubiy Koreya havo hududini buzmagan.

Havo hujumidan mudofaa zonasi mamlakatlar boshqa davlatning samolyotlaridan himoyalanadigan maxsus hudud hisoblanadi. Havo hududidan farqli o‘laroq, havo hujumidan mudofaa zonasini tartibga soluvchi xalqaro qoidalar yo‘q.

Moskva Koreyaning havo hujumidan mudofaa zonasini tan olmaydi. Pekin bu hudud barcha foydalanishi va harakatlanishi uchun erkin bo‘lishi kerakligini aytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

368

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing