Rossiya va Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat dorini qabul qilgan bolalar vafot etdi

Olam

image

Rossiya va Qozog‘istonda ikki nafar bola dunyodagi eng qimmat dori — “Zolgensma”ni qabul qilib vafot etdi. Bu haqda “Meduza” ushbu dorini ishlab chiqaruvchi Shveysariyaning “Novartis” farmatsevtika kompaniyasi Matbuot xizmati bayonotiga tayanib, xabar berdi.

“Rossiya va Qozog‘istonda umurtqa mushak atrofiyasi kasalligiga chalingan ikki nafar bola “Zolgensma” preparati bilan davolanayotganida vafot etgan”, deyiladi xabarda.

“Novartis” ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar o‘limiga o‘tkir jigar yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. O‘lim holatlari “Zolgensma” qo‘llanganidan keyin 5-6 hafta o‘tgach va kortikosteroidlar (yallig‘lanishni kamaytirish uchun beriladigan gormonlar - tahr.) dozasi asta-sekin kamaytirilgandan 1-10 kun o‘tib, qayd etilgan.

Farmatsevtika kompaniyasi bayonotida marhumlarning ismlari, yoshi va boshqa shaxsiy ma’lumotlari keltirilmagan. Biroq TASS nashrining Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mustaqil bolalar nevrologiga tayanib, xabar berishicha, qozog‘istonlik bola 2021 yilda tug‘ilgan qizcha bo‘lgan.

Preparat qizga joriy yilning mart oyida dozalash rejimi va vazniga mos ravishda berilgan.

Ma’lumot uchun, “Zolgensma” dorisining bir dozasi 2 million dollardan oshadi. Mazkur preparat dunyodagi eng qimmat dori sifatida “Ginnes rekordlar” kitobiga kiritilgan. 

U umurtqa mushak atrofiyasi bilan og‘rigan bolalarni davolashda ishlatiladigan uchta doridan biri bo‘lib, ular “Mehribonlik doirasi” jamg‘armasi tomonidan bemorlar uchun sotib olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing