Rossiya va Qozog‘iston YeOIIdagi hamkorlikni muhokama qildi

Olam

image

Telefon orqali suhbat chog‘ida Rossiya va Qozog‘iston Bosh vazirlari Mixail Mishustin va Asqar Mamin ikki tomonlama hamkorlik, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi o‘zaro hamkorlik va koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Hukumati Matbuot xizmati xabar berdi.

"Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, tranzit transporti, kosmik sohalar, sanoatni rivojlantirish kabi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va YeOII doirasidagi o‘zaro hamkorlikni muhokama qildi”, deyiladi xabarda.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarga, shuningdek, Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati bo‘yicha qo‘shma harakatlar dasturini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Rossiya va Qozog‘iston Bosh vazirlarining yuzma-yuz uchrashuvi Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Hukumatlararo kengashining majlisi doirasida bo‘lib o‘tgandi. U Yerda Rossiya hukumati rahbari Digital Almaty 2021 raqamli forumida so‘zga chiqqandi.

Shuningdek, ushbu forumda YeOIIga kuzatuchi bo‘lib qo‘shilgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham nutq so‘zlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing