Rossiya va Belarusga qarshi gibrid urush olib borilmoqda — Lavrov

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belarus TIV rahbari Vladimir Makey bilan Moskvada yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda Lavrov Rossiya va Belarusga qarshi gibrid urush olib borilayotgani hamda tashqi bosim o‘tkazilayotganini aytdi.

“Biz o‘zaro aloqalarni o‘ta og‘ir sharoitlarda rivojlantirayotganimizni qayd etdik: ikkala mamlakat noqonuniy va jiddiy tashqi bosimga duchor bo‘lmoqda”, deydi Lavgor Makey bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Rossiya TIV rahbari ikki davlat gibrid urushga duch kelayotganini aytgan.

“Bizga nisbatan gibrid urush usullari qo‘llanilmoqda: bir tomonlama sanksiyalardan tortib, axborot kampaniyalarigacha va bularning barchasi qanday sodir bo‘layotganidan xabaringiz bor. Men faktlarni keltirmayman, buni hamma yaxshi biladi”, deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Uning ta’kidlashicha, G‘arbning bunday ochiqchasiga tajovuzkor yo‘nalishini hisobga olgan holda Rossiya va Belarus davlat suverenitetini mustahkamlash va ikki mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash uchun sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olgan. 

Ma’lumot uchun, gibrid urush — tajovuzkor an’anaviy harbiy bosqin emas, balki yashirin operatsiyalar, dushman mamlakatining ichida bo‘lib turgan ayirmachi harbiy guruhlar hamda qo‘zg‘alonchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali, kiber hujumlarning kombinatsiyasidan foydalangan holda olib boriladi. Bunday urush mutlaq tinch davrda va umuman harbiy operatsiyalarsiz o‘tkazilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing