Rossiya va AQSH yadroviy raketalar to‘g‘risida kelishib oldi

Olam

image

Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma muddatini uzaytirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“3 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH elchixonasi bilan shartnomani uzaytirish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki protseduralarning bajarilishi to‘g‘risida notalar almashdi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, kelishuv hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalarsiz – 2010 yilda imzolangan shaklda ishlaydi. Amal qilish muddati 2026 yil 5 fevralgacha uzaytiriladi.

“Bu tomonlarning yadroviy raketa arsenallarini cheklaydigan qat’iy tenglik asosida strategik barqarorlikni saqlashning asosiy mexanizmiga amal qilish va undan keyinchalik ham ishlashini ta’minlaydi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Rossiya TIV kelishuvni uzaytirishning asosiy omili Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Amerikaning yangi prezidenti Jo Baydenning telefon orqali suhbati bo‘lganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing