Rossiya o‘zining kosmik stansiyasini yaratishni boshladi
Olam
−
20 aprel 2021
4756Rossiya o‘zining orbital stansiyasini yaratishni boshladi. Bu haqda “Roskosmos” davlat korporatsiyasi rahbari Dmitriy Rogozin ma’lum qildi.
“Rossiya yangi orbital xizmat ko‘rsatish stansiyasining birinchi bazaviy moduli allaqachon ishlamoqda”, deb yozgan Rogozin.
Raketa va kosmik korporatsiya “Energiya”ga 2025 yilda maqsadli orbitaga chiqishga modulning tayyorligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Joriy yilning 18 aprel kuni Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Yuriy Borisov Rossiya o‘zining orbital stansiyasini yaratishni rejalashtirayotgani va Xalqaro kosmik stansiyadagi sheriklarini 2025 yildan boshlab loyihadan chiqish haqida ogohlantirishini ma’lum qildi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa 12 aprel kuni rasmiylar bilan uchrashuvda Xalqaro kosmik stansiya loyihasini muhokama qildi.
Ushbu uchrashuvda Rossiya o‘zining kosmik stansiyasini yaratishni rejalashtirayotgani e’lon qilindi.
LiveBarchasi