Rossiya O‘zbekistonning energetikadagi asosiy hamkorlaridan biri – Ahmedxo‘jayev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari bilan barcha sohalarda, jumladan, energetika xavfsizligi masalalarini hal etishda faol hamkorlik qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmedxo‘jayev Ostonada bo‘lib o‘tgan SHHT energiya forumi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.  

“SHHT, shubhasiz, barcha sohalardagi global va mintaqaviy muammolarni, jumladan, energetika xavfsizligi masalalarini tahlil qilish va hal etishga qaratilgan eng muhim platformalardan biridir”, deydi u. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoy bilan bu borada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. U, ayniqsa, Rossiya respublikaning energetika sohasidagi asosiy hamkorlaridan biri va eng yirik investori ekanini alohida aytgan. 

Ahmedxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi hamkasblari bilan birgalikda ayni paytda ushbu respublikalar hududida bir nechta gidroyelektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.  

“Ushbu loyihalar nafaqat energiya ta’minoti, balki mintaqa uchun ayniqsa muhim bo‘lgan suv balansini ta’minlash masalasini ham hal qilishga qaratilgan”, deya tushuntirdi Ahmedxo‘jayev. 

Uning alohida urg‘ulashicha, bir tomondan energiyaga tobora ortib borayotgan talab, ikkinchi tomondan iqlim o‘zgarishi energiya bilan ta’minlashning eng maqbul yo‘llarini topishda sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab qiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Azim Ahmedxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar