Rossiya O‘zbekistonga transafg‘on temir yo‘lini qurishda yordam beradi
Olam
−
30 Oktabr 2021 7029 1 daqiqa
“Rossiya temir yo‘llari” AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga transafg‘on temir yo‘lini qurishda yordam beradi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.
Joriy yil boshida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi transport yo‘lagi: Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagandi.
U Yevropa Ittifoqini, Rossiyani Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lashi kerak.
Qayd etilishicha, Toshkent allaqachon Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan temir yo‘l loyihasi bo‘yicha kelishib olgan.
“Rossiya temir yo‘llari” AJ, shuningdek “Rosjeldorproyekt” va Transport iqtisodiyoti va rivojlanishi instituti hisob-kitoblarda, kartografik materiallarda yordam beradi, har bir yo‘nalishning afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganadi.
Ma’lumot o‘rnida, loyihaning taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025