Rossiya O‘zbekistondan 10 ming quruvchi jalb qiladi

Olam

image

Rossiya Hukumati O‘zbekistondan 10 ming nafar quruvchini jalb qilish bo‘yicha sinov loyihasini ma’qulladi. Bunda talabgorlarga koronavirusga qarshi emlanganlik yoki Rossiyaga kelishdan oldin 5 oy ichida kasallikka chalingani haqidagi ma’mulotnomani ko‘rsatish talab etiladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hujjatda Rossiyaga ishlagani keluvchi o‘zbekistonliklar O‘zbekistonda “Sputnik Layt” yoki boshqa vaksina bilan emlanishi kerakligi aytilgan. Bundan tashqari, Rossiyaga ishchilarni olib kelish, ularning emlanishi va ularga mehnat patentini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanishi, ishga keluvchilar Rossiyaga kirgandan keyin 14 kunlik karantindan o‘tmasliklari aytilgan.

Rossiya Qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishinning ta’kidlashicha, loyihada ishtirok etuvchi qurilish kompaniyalari turli yo‘nalishlar bo‘yicha malakali ishchilarga ehtiyoj sezayotganlarini aytishgan. Ishchilar aynan shu aniq yo‘nalishlar bo‘yicha tanlov asosida yollanadi.

Bundan tashqari, xorijiy fuqarolarga beriladigan patentda aniq ish beruvchi kompaniya ko‘rsatiladi. Bu xodimning mehnat shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligini oldini oladi.

Hujjatga ko‘ra, sinov loyihasida Rossiyaning Mehnat, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Qurilish, Sog‘liqni saqlash, Ta’lim va fan vazirliklari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.

Avvalroq, endilikda Rossiyada ishlashga borgan o‘zbekistonliklar ishga joylashishidan oldin malaka imtihoni topshirishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing