Rossiya O‘zbekiston bilan aloqalar rivojidan mamnun – Matviyenko
Jamiyat
−
05 iyul 2022 8132 1 daqiqa
Rossiya O‘zbekiston bilan ko‘p vektorli munosabatlar rivojlanayotganidan mamnun. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi kengashi spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish darajasidan mamnunmiz, ular ko‘p qirrali va ko‘p vektorli”, degan Matviyenko.
Rossiya Federatsiyasi kengashi spikeri bu munosabatlar rivoji bundan keyin ham o‘sib borishiga umid bildirgan.
Shuningdek, muloqot davomida Rossiya-O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlarini rivojlantirishning siyosiy vektorini davlatlar rahbarlari belgilab berishini ta’kidlagan. Hukumatlararo va parlamentlararo hamkorlik ham muvaffaqiyatli rivojlanayotgani, Moskva hamda Toshkent o‘rtasida 350 dan ortiq shartnoma va bitimlar imzolangani qayd etilgan.
O‘z navbatida Nurdinjon Ismoilov Rossiya biznesining O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani va sarmoyalarni ko‘paytirganini aytgan.
“Bizda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bizda qonun hujjatlari almashinuvi, Rossiya Federatsiyasi yuqori palatasi va quyi palatasi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar almashinuvi, delegatsiyalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan”, degan Ismoilov.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025