Rossiya urushni istamaydi – Lavrov

Olam

image

Rossiya urushni istamaydi, lekin boshqa davlatlarga uning huquqlarini buzishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Agar bu Rossiya Federatsiyasiga bog‘liq bo‘lsa, urush bo‘lmaydi. Biz urushlarni xohlamaymiz. Lekin biz o‘z manfaatlarimizga qo‘pollik bilan hujum qilishga, ularning e’tibordan chetda qolishiga ham yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi vazir.

Uning ta’kidlashicha, hozircha AQSH va NATO bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar hali yakuniga yetmagan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin to‘playotgani, bu bilan u hujumga tayyorlanayotgani haqida bong urib kelmoqda. Ammo Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya o‘z hududi bo‘ylab har qanday harbiy harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega, bu hech kimning xavotirga tushishiga asos bo‘la olmaydi.

Shuningdek, Rossiya 2021 yilning 17 dekabr kuni AQSH va NATOga bir qancha talablar qo‘ygandi. U alyansdan yangi a’zolarni, birinchi navbatda Ukrainani qabul qilishdan bosh tortishni, shuningdek, ilgari SSSR tarkibiga kirgan davlatlar hududiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmaslikni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing