Rossiya urush boshlanganidan beri qancha qochoq kelganini ochiqladi

Olam

image

Rossiyaga joriy yilning 24 fevralidan beri tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda Ukrainadan 1,1 milliondan ortiq kishi keldi. Bu haqda bugun, 4 may kuni huquq-tartibot idoralariga tayanib TASS xabar berdi.

“Rostov, Bryansk, Belgorod viloyatlari va Qrim Respublikasi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Rossiyaga DXR, LXR va Ukrainadan jami 1,1 milliondan ortiq odam, jumladan, 200 mingga yaqin bola keldi”, degan agentlik suhbatdoshi. 

So‘ngi 24 soat ichida 12 mingdan ortiq odam Rossiya chegarasini kesib o‘tgan.

Rossiyaga kelganlar orasida deyarli 200 ming Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, 608 mingdan ortiq DXR va LXR "fuqaroligi"ga ega odamlar mavjud. Qolganlari Ukraina va boshqa davlatlar fuqarolari hisoblanadi.

Qayd etilishicha, hozirda mamlakatning 52 ta hududidagi 508 ta vaqtinchalik joylashtirish markazida 33 mingdan ortiq qochoqlar mavjud. 

Shuningdek, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan 3 maygacha Ukrainadan qo‘shni davlatlarga 5 million 657 ming 185 kishi o‘tgan. Ularning 3 094 446 nafari Polshadan, 846 521 nafari Ruminiyadan, 703 523 nafari Rossiyadan, 539 821 nafari Vengriyadan, 449 605 nafari Moldovadan, 385 284 nafari Slovakiyadan va 25 852 nafari Belarusdan boshpana topgan.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing