Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan barcha davlatlarga nota yubordi – Zaxarova
Olam
−
16 aprel 2022
22624Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova “The Washington Post” gazetasiga Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan AQSHga nota yuborganini tasdiqladi.
Shuningdek, Mariya Zaxarovaga nota barcha mamlakatlarga yuborilganini ma’lum qilgan.
Avvalroq, WP nashri Rossiya AQSHni qurol-yarog‘ yetkazib berish Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirayotgani va oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgani haqida ma’lum qilgandi.
Nota AQSHning Kiyevga e’lon qilgan 800 million dollarlik yangi harbiy yordam paketiga javoban yuborilgan. Hujjat Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi tomonidan Davlat departamentiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 800 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ularning orasida 200 ta M113 zirhli transportyorlari, 18 ta gaubitsalar, 300 ta “Switchblade” kamikadze dronlari, 500 ta “Javelin” raketalari va Rossiyada ishlab chiqarilgan 11 ta Mi-17 vertolyotlari mavjud.
LiveBarchasi