Rossiya Ukrainaga hujumning ikkinchi bosqichida nimalarni rejalashtirgan?

Olam

image

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi hujumning ikkinchi bosqichida Donbass ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishi kerak. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Rustam Minnekayev ma’lum qildi.

“Hujumning ikkinchi bosqichi allaqachon boshlandi. Rossiya armiyasining ikkinchi bosqichdagi vazifalari Donbass va Ukraina janubida to‘liq nazorat o‘rnatishdan iborat”, deydi u.

Minnekayevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarining Donbass ustidan nazorati Qrimga quruqlik yo‘lagini yaratish imkonini beradi. 

“Bu (Donbass ustidan nazorat - tahr.) Qrimga quruqlik yo‘lagi ochilishini ta’minlaydi, shuningdek Ukrainaning [harbiy kuchlari] muhim ob’ektlariga, Qora dengiz portlariga kirish imkonini beradi. Ular orqali qishloq xo‘jaligi va metallurgiya mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga yetkazish mumkin bo‘ladi”, deydi qo‘mondon o‘rinbosari.

Uning qayd etilishicha, Ukraina janubini nazorat qilish Pridnestrovega chiqishning yana bir yo‘li, u yerda rusiyzabon aholiga zulm qilish faktlari mavjud. 

“Ko‘rinib turibdiki, biz hozir Ikkinchi jahon urushida bo‘lgani kabi butun dunyo bilan urushdamiz. Butun Yevropa, butun dunyo bizga qarshi edi. Hozir ham xuddi shunday, ular Rossiyani hech qachon yoqtirmagan”, deya qo‘shimcha qildi u.

Minnekayevning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasining quruqlik, dengiz va havo hududida Ukraina Qurolli Kuchlari ustidan texnik ustunligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

"Rossiya qurolli kuchlari zarba berishda hech qanday talafot ko‘rmaydi. Bu Ukraina Qurolli Kuchlarining shaxsiy tarkibini ma’naviy jihatdan o‘ldiradi. Rossiya armiyasining quruqlikda, dengizda va havoda texnik ustunligi yaqqol ko‘zga tashlandi", deydi qo‘mondon o‘rinbosari. 

Minnekayevga ko‘ra, Ukrainaga hujum muvaffaqiyatli yakun topishi kerak. Oldinga qo‘yilgan barcha vazifalar bajariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing