Rossiya-Ukraina urushi fonida O‘zbekistonda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda

Biznes

image

Joriy yilning fevral oyidan buyon Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Rossiyaga qo‘llagan sanksiyalari, buning oqibatida xalqaro bozorlarda yuzaga kelgan vaziyat va iqtisodiy inqirozlar fonida O‘zbekistonda yillik 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o‘tayotgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida aytilgan. 

“Tashqi bozorlar va hamkor davlatlarda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat sharoitida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda inflyatsiya sur’atlarini jilovlash choralari ko‘rilmoqda. Natijada, joriy yilda mamlakatimizda 5 foizdan yuqori iqtisodiy o‘sish kutilmoqda”, deydi Mirziyoyev.

Uning qayd etishicha, dunyoda davom etayotgan murakkab pandemiya va global iqtisodiy inqiroz oqibatlari, turli notinchliklar va ziddiyatlar fonida yuzaga kelayotgan oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi muammolari inson taqdiri haqida jiddiy bosh qotirishni kun tartibiga dolzarb masala qilib qo‘ymoqda.

Prezident bugungi forum nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar va taniqli ekspertlar ishtirokida bu boradagi ilg‘or tajribalarni muhokama qilish hamda birgalikda umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, davlat rahbari, mamlakatda 2022-2026 yillarda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, inson kapitalini rivojlantirish va kambag‘allikni kamida 2 barobarga qisqartirishni maqsad qilganini alohida urg‘uladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing