Rossiya Ukraina portlaridan don olishga ruxsat berishini aytdi

Olam

image

Rossiya Ukraina portlaridan oziq-ovqat olib ketayotgan kemalar uchun gumanitar koridor berishga tayyor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.

"Oziq-ovqat muammosini hal qilish kompleks yondashuvni, shuningdek Rossiya eksporti va moliyaviy operatsiyalariga kiritilgan sanksiyalarni olib tashlashni, Ukraina tomonidan barcha portlarni tozalashni talab qiladi. Rossiya insonparvarlik yo‘li bilan ushbu muammoni hal qilishga tayyor”, deydi vazir o‘rinbosari.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning Rossiya oziq-ovqat masalasidan “shantaj” quroli sifatida foydalanayotgani va bu borada Moskva bilan muloqot imkoniyatlarini izlash zarurligi haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan, Rudenko Rossiya har doim muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilayotgan har bir kishi bilan muloqotga tayyorligini aytgan. 

“Rossiya tomoni tinchlikka, barcha muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilayotgan har bir kishi bilan muloqotga doim tayyor. Ursula fon der Lyayenning so‘zlarini uning vijdoniga qoldiraman”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen global oziq-ovqat inqirozidan qochish uchun Yevropa davlatlari Ukrainadan don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksportini qayta tiklash masalasida Rossiya bilan muloqot o‘rnatish imkoniyatini izlashi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

477

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing