Rossiya Ukraina chegarasiga raketa va og‘ir texnikalarini joylashtiryapti – CIT

Olam

image

Rossiya “Iskandar” raketalar majmuasini va yana boshqa og‘ir texnikalarni g‘arbiy chegaralari tomon tashimoqda. “Conflict Intelligence Team” (CIT)ga ko‘ra, raketalar kompleksi va zirhli artilleriya ortilgan poyezdlar mamlakat Sharqiy harbiy okrugidan g‘arbga tomon harakatlangan. CIT bunday xabarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kamida uchta video manbaga asoslanib, e’lon qilgan.

CIT o‘zining Telegram kanaliga raketalar ortilgan poyezdlar aks etgan 3 ta videoni joylagan. Videolarning ikkitasi 11 yanvar, bittasi esa 13 yanvar kuni tasvirga olingani qayd etilgan.

Tahlilchilarning fikricha, videolar Rossiyaning Uzoq Sharq va Ural hududlarida suratga olingan.

CIT’ning “ochiq ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlarga” tayanib xabar berishicha, “Iskandar” reketalar komleksining qismlari ortilgan poyezdlar Ulan-Ude va Birobijan hududidan yo‘lga chiqqan. Ushbu hududlar yaqinida Rossiyaning 103 va 107-raketa brigadalari joylashgan. Ular Rossiya Qurolli Kuchlarining 36 va 35-qo‘shma qurolli armiyalari tarkibiga kiradi.

“Biz avvalroq 107-raketa brigadasining Ukraina tomonga qarab harakatlanib ketayotgani haqida ma’lumotlarni e’lon qilgan edik” deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrugdagi qurol-yarog‘larniing poyezdlarda Ukraina tomon “to‘satdan olib o‘tilishini” harbiy shaylikni tekshirish va Sharqiy harbiy okrugdan uzoqroqda joylashgan harbiy poligonda sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik deya izohlagan.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, rasmiylar tayyorgarlik ko‘rayotgan “Vostok-2022” harbiy mashg‘ulotlarining boshlanishiga hali 8 oy muhlat bor. Ikkinchidan Rossiya 2014 yilda Ukrainada inqilob bo‘lishidan avval chegara yaqinida harbiylar va qurol- yarog‘ini to‘plaganida ham o‘z xatti-harakatlarini mashg‘ulotlarga tayyorgarlik deb izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Oq Uy Matbuot kotibi Jen Psaki Rossiya qachon Ukraina hududiga bostirib kirishi haqida ma’lum qilgan edi. Unga qo‘ra, Moskva joriy yil yanvar-fevral oylarida hujum qilishni ko‘zlamoqda.

“Biz Rossiya hukumati bosqinga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xavotirdamiz. Biz buni avval ham ko‘rganmiz va bu bizni 2014 yilga, jumladan, Ukrainani mamlakat sharqidagi Rossiya kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirishda ayblash uchun sabotaj va axborot operatsiyalariga qaytaradi. Rossiya harbiy rejalari yanvar va fevral o‘rtalarida boshlanishi mumkin bo‘lgan harbiy bosqindan bir necha hafta oldin bunday faoliyatni boshlashdan iborat”, degan Psaki.

Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

679

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing