Rossiya Uchinchi jahon urushiga yo‘l qo‘ymaydi – Medvedev

Olam

image

Rossiya Uchinchi jahon urushining boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo hujum sodir bo‘lgan taqdirda darhol va juda kuchli javob berishga qodir. Bu haqda kecha, 18 may kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Sarovdagi yadro markaziga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

U mamlakatning yadro qalqonini zamonaviy, ishonchli, samarali qurollar arsenali deb atadi va bu “bugungi kunda Uchinchi jahon urushini boshlashga tayyor bo‘lganlarning ambitsiyalarini sovutishini” ta’kidladi.

“Biz bunday holatga yo‘l qo‘ymaymiz. Lekin biz doimo eslatib turishga majburmizki, mamlakatimizga hujum qilingan taqdirda darhol va o‘ta kuchli javob berishga qodirmiz. Davlatimizga tahdid soladigan har qanday tajovuzni qaytarish uchun”, deydi Medvedev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar sharoitida Rossiya ilm-fanini qo‘llab-quvvatlash zarur. 

“Biz import o‘rnini bosishni kuchaytiramiz, original mahalliy ishlanmalarni joriy qilamiz, istiqbolli mutaxassislarni tayyorlaymiz. Bu ishga yirik davlat korporatsiyalari va xususiy korxonalar buyurtmachi va tashkilotchi sifatida qo‘shilishi kerak”, deydi Medvedev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

452

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing