Rossiya Tojikistondagi maktab o‘quvchilariga 1 mln dollar yubordi

Olam

image

Rossiya Tojikistonda maktab o‘quvchilarining moddiy jihatdan zaif oilalariga jami bir million dollar (taxminan 74,6 million rubl) gumanitar yordam yubordi. Mablag‘lar BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi doirasida ajratilgan.

Rossiyaning Dushanbedagi elchixonasi mamlakatning janubiy qismida oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish boshlanganini aytdi. Hammasi bo‘lib ular 22 mingga yaqin muhtoj oilalarni oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, BMTning Tojikistondagi maktablarni oziqlantirish dasturi 600 mingdan ziyod boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qamrab oladi.

“Oy oxirigacha Sug‘d va Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatlari, Rog‘un shahri va shuningdek, Rasht vodiysida yashovchi oilalar qo‘llab-quvvatlanadi. Bu Rossiya tomonidan BFF jamg‘armasiga 1 million dollar miqdorida qo‘shimcha maqsadli badal ajratilishi amalga oshdi”, deyiladi rossiyalik diplomatlar bayonotida.

O‘tgan yil davomida Rossiya Jahon oziq-ovqat dasturiga 5 million dollar ajratdi, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli Tojikistondagi kambag‘al oilalarga maqsadli yordam ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing