Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini zamonaviy texnikalar bilan kuchaytiradi

Olam

image

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi joriy yil iyul oyi oxirigacha 17 ta piyodalarning modernizatsiya qilingan BMP-2M jangovar mashinasini qabul qilib oladi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin ma’lum qildi.

“Joriy yilning iyul oyi oxiriga qadar 201-harbiy bazaning motorchi o‘qotar qismlariga 17 ta zamonaviy jangovar piyoda mashinasi beriladi. Bu har qanday vaziyatdagi vazifalarni bajarishda ularning qobiliyatini sezilarli oshiradi”, degan Lapin.

Qo‘shimcha qilinishicha, jangovar transport vositalari motorchi o‘qotar bo‘linmalardagi eskirgan texnikalar o‘rnini to‘ldiradi.

Avvalroq, Rossiyaning 201-sonli harbiy bazasidagi tanklar tojik-afg‘on chegarasiga yetib borgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Tojikiston hududidagi 201-harbiy baza Rossiyaning o‘z chegaralaridan tashqaridagi eng yirik harbiy ob’ektidir. U Dushanbe va Boxtar shaharlarida joylashgan. 2012 yilda ushbu bazaning 2042 yilgacha Tojikistonda qolishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Uning tarkibiga motorli miltiq, artilleriya, razvedka, zenit-raketa va boshqa qismlar kiradi. 2015 yil sentyabr oyidan boshlab tarkibga harbiy havo guruhi ham qo‘shildi. 2020 yilda bazaga 20 ga yaqin yangi va zamonaviy uskunalar, jumladan, Mi-8-MTV5-1 tashuvchi jangovar vertolyotlari, piyodalar uchun modernizatsiya qilingan BMP-2M jangovar mashinalari qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing