Rossiya TIV G‘arbni Moskva bilan o‘ynashmaslik haqida ogohlantirdi
Olam
−
22 iyun 2022
15737Moskva G‘arb davlatlarini Rossiya bilan faraziy mojaro mavzusidagi xavfli ritorik o‘yinlardan ogohlantirishiga qaramay, G‘arbdagi nufuzli kuchlar Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlardagi keskinlikni yanada kuchaytirish uchun hamma narsani qilmoqda va bu tashvishli holat. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov shunday fikr bildirdi.
“G‘arbda, afsuski, nufuzli va hokimiyat dastagida turgan kuchlar bor, ular Rossiya bilan munosabatlardagi keskinlikni yanada kuchaytirish uchun tom ma’noda hamma narsa qilmoqda. Bu xavotirli fakt. Taassurot shundan iboratki, ba’zi arboblar biz bilan qurolli to‘qnashuv muqarrar bo‘lgan ssenariylarni o‘ylab topishda cheklovga ega emas”, degan Ryabkov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya “har qanday sharoitda o‘ta mas’uliyatli va hozirda Yevropa Ittifoqi hamda Litvaning Kaliningrad viloyatiga tranzitni cheklash bo‘yicha qilayotgan ishlari Yevropa arxitekturasining uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan poydevoriga yangi og‘ir zarba bo‘ladi”.
“Bu holatda bizning manfaatlarimiz kafolatlanadi. Javob choralari ko‘riladi, ular hozir ishlab chiqilmoqda. Lekin men NATO a’zolari va Yevropa Ittifoqidagi yetakchilarni mojaro mavzusidagi bu xavfli ritorik o‘yinlardan ogohlantirmoqchiman”, deya xulosa qilgan vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, Litva Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga kiritilgan mahsulotlarni o‘z hududi orqali Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga tranzit qilishni cheklab qo‘ydi. Bunga Rossiya TIV tahdidnamo munosabat bildirgandi.
Shundan so‘ng, AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Vashington “Litvaga tahdidlarni” jiddiy qabul qilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari, xususan, Litva himoyasi uchun tayyor, Vashingtonning NATOga oldidagi majburiyati va 5-modda, ya’ni “biriga hujum hammaga hujum demak” tamoyili, temirdek mustahkam va bu ritorik ko‘rsatkich emas”.
LiveBarchasi