Rossiya terma jamoasiga Osiyodan raqib topildi

Sport

image

Rossiya futbol ittifoqi joriy yilning kuzida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Championat” nashri ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov joriy yilning kuzida mamlakat milliy terma jamoasining o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish istagi haqida gapirgan. 

Ayni damda Rossiya terma jamoasi barcha xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan. Bu esa rasmiy o‘yinlar o‘tkazishga imkon bermaydi. Shuning uchun terma jamoa mutasaddilari o‘rtoqlik o‘yini tashkil etish rejasi ustida jiddiy bosh qotirmoqda. Yevropa qit’asi vakillarining Rossiya bilan o‘ynashga rozi bo‘lishining ehtimoli deyarli nolga tengdir.  Shu sababli, Saudiya raqib sifatida tanlangan.

Ma’lumot o‘rnida, FIFA va UEFA Rossiyaning barcha toifadagi terma jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalardan chetlashtirgan. Hozircha, rus futboliga nisbatan kiritilgan sanksiyalar yechilgani yo‘q. Rossiya futboli rahbarlari esa UEFA va FIFA'ning qarorlari adolatsiz ekanligi to‘g‘risida tinimsiz ravishda bong urmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing