Rossiya tashqi qarzi bo‘yicha defoltga yo‘l qo‘ydi – Moody's

Olam

image

Moody's xalqaro reyting agentligi kecha, 27 iyun kuni Rossiya tashqi qarzi bo‘yicha defoltga yo‘l qo‘yganini ma’lum qildi, chunki kupon to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli davr tugagan va Rossiya suveren qarzi egalari ikki dona yevrobond kuponlari bo‘yicha 100 million dollarlik to‘lovlarni olmagan.

Avvalroq Rossiya-26 va Rossiya-36 davlat obligatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha 30 kunlik imtiyozli davr tugagani sababli, Rossiya 1918 yildan beri birinchi marta tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchraganini ham ma’lum qilingandi.

Qayd etilishicha, gap 1998 yilda bo‘lgani kabi bankrotlik haqida ketmayapti. Rossiya g‘aznasi to‘la, biroq mamlakatning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi munosabati bilan G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Kreml xorijdagi qarzlarini to‘lashda muammolarga duch kelmoqda.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov defolt haqidagi bayonotni "mutlaqo noqonuniy" deb atagan, chunki Rossiya may oyida to‘lovni amalga oshirgan. 

"Va (kliring markazi – tahr.) Euroclear bu pulni ushlab qolgani, uni oluvchilarga yetkazmagani bizning muammolarimiz emas", deydi Peskov.

Ma’lum qilinishicha, rasmiy ravishda defolt e’lon qilinmaydi, chunki bu odatda xalqaro reyting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi, biroq ularning barchasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing