Rossiya Suriyada terrorchilik guruhi yetakchisini yo‘q qildi
Olam
−
10 Sentabr 2022
9654Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Katiba Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Sirojiddin Muxtorov Rossiya Aerokosmik kuchlari tomonidan berilgan zarba natijasida Suriyada yo‘q qilindi. Bu haqda kecha, 9 sentyabr kuni Suriya Arab Respublikasidagi urushayotgan tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari o‘rinbosari, general-mayor Oleg Yegorov ma’lum qildi.
“Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 8 sentyabr kuni Rossiya Aerokosmik kuchlarining Idlib viloyatidagi jangarilar lageriga bergan zarbasi natijasida “Katiba Tavhid val-Jihod” noqonuniy qurolli tuzilmasi yetakchisi Suriyada hukumat kuchlari va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi teraktlar uyushtirishda ishtirok etgan Muxtarov Sirojiddin Ziyavutdinovich (kod oti “Abu Saloh”) yo‘q qilingan”, deydi Yegorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkilotining 20 dan ortiq yuqori martabali a’zolari ham yo‘q qilingan.
Yegorovning so‘zlariga ko‘ra, ular “jangarilarning jangovar va qo‘poruvchilikka tayyorgarligi, guruhning moliyaviy va ma’muriy faoliyatini tashkil etish” uchun mas’ul bo‘lgan.
LiveBarchasi