Rossiya Sudan xalqini qaqshatib, mamlakatdan oltin o‘g‘irlamoqda – CNN

Olam

image

Sudan mamlakatdagi harbiy rejimni qo‘llab-quvvatlashi uchun Moskvaga oltinni erkin eksport qilishga ruxsat berib, “qashshoq davlatni yuzlab million dollarlik davlat daromadidan” mahrum qilmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

“Sudan G‘arbning Rossiyaga qarshi tobora kuchayib borayotgan sanksiyalariga qarshi turish va Ukrainadagi harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida” Moskvaga yashirincha mamlakatning eng qimmatbaho resursi bo‘lmish oltinni eksport qilishiga ruxsat bergan. Oltin ko‘pincha boshqa tovarlar, masalan, shirinliklar orasiga yashirib mamlakatdan olib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.

AQSHning sobiq va amaldagi rasmiylari jurnalistlarga Rossiya Sudanda 2021 yilgi harbiy to‘ntarishni faol qo‘llab-quvvatlagani, bu esa o‘tish davri fuqarolik hukumatini ag‘darib, harbiy qudratni mustahkamlaganini aytgan. 

Moskva ko‘magi evaziga amaldagi tuzum belgilangan qoidalarni chetlab o‘tib, “kambag‘al mamlakatni yuzlab million dollarlik davlat daromadlaridan” mahrum qilib, oltinni erkin eksport qilishga ruxsat bergan.

"Biz Rossiya Sudanning tabiiy resurslaridan foydalanayotganini uzoq vaqtdan beri bilamiz.

Jiddiy sanksiyalarga uchragan Moskva sudanlik generallar bilan munosabatlardan manfaatdor va generallarning hokimiyatda qolishiga yordam beradi. Ushbu "yordam" keng doirani qamrab oladi – ta’lim va razvedka yordamidan tortib o‘g‘irlanganlardan Sudan oltinidan birgalikda foyda olishgacha”, deydi sobiq AQSH rasmiysi CNN telekanaliga. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

829

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing