Rossiya SSSR yoki imperiyani tiklamoqchi emas – rus siyosatdoni

Olam

image

Rossiya parlamentining Federatsiyalar Kengashi (yuqori palatasi) spikeri o‘rinbosari Konstantin Kosachev Rossiyaning maqsadi imperiyani jonlantirish va hududlarni qo‘shib olish deb hisoblaydigan mamlakatlarning pozitsiyasi “mutlaqo noto‘g‘ri” ekanligini ta’kidladi. U Rossiya dunyo hukmronligiga intilmasligini va faqat odamlarni himoya qilishga harakat qilayotganini iddao qildi. Bu haqda Konstantin Kosachev kecha, 14 oktyabr  kuni Ruandada bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq assambleyasida ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS agentligi.

“Bu yerdagi delegatsiyalarning aksariyati hozirgi voqealarning asosiy nuqtasi Rossiyaning Ukrainaga hujumi bilan bog‘liq deb o‘ylaydi. Bu fikrni juda oddiy izohlash mumkin, chunki ko‘pchilik Rossiyani sobiq Sovet Ittifoqi yoki Rossiya imperiyasining davomchisi sifatida ko‘radi, uning yagona maqsadi imperiyani qayta tiklash ekanligiga ishonadi. Ammo masalaning bu tarzda talqin qilinishi mutlaqo noto‘g‘ri”, deydi senator.

Kosachev dastlab gender tengligi haqida gapirishni rejalashtirgani, ammo Rossiya-Ukraina mojarosi hozirda diqqat marakazida bo‘lganligi uchun mavzuni o‘zgartirganini va Rossiya delegatsiyasiga "nima bo‘layotgani haqida juda ko‘p savollar va so‘rovlar kelib tushayotganini ta’kidladi. U Rossiya pozitsiyasiga aniqlik kiritish uchun shunday dedi:

“Rossiya, albatta, hech qanday imperiyani tiklashni xohlamaydi, bir qutbli dunyoni o‘rnatishga yoki dunyoning yakka hukmronligiga intilmayapti”.

Senator parlament a’zolariga “mojarolar avj olgan hududlarga tashrif buyurish”ni taklif qildi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing