Rossiya sanksiyalarni chetlab, yashirincha neft sotishni davom ettiryapti – “Bloomberg”

Olam

image

Misrning O‘rta yer dengizi sohilidagi Al-Hamra terminaliga 700 ming barrel miqdoridagi Rossiya nefti yetkazildi. Shundan so‘ng, Crested kemasi portdan Rossiyaning Urals neftini olib ketgan. Bu joriy yilning 24 iyul kuni ertalab sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Bloomberg” kema kuzatuvi ma’lumotlariga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, port Misrdagi G‘arbiy cho‘lda ishlab chiqarilgan xom neftni tashish uchun qurilgan bo‘lib, bu “rus barrellarini mahalliy hajmlar bilan aralashtirish imkonini beradi”.

“Ukrainada urush boshlanganidan keyin yevropalik xaridorlar undan qocha boshlagani uchun rus neftini yetkazib berish yashirin bo‘lib qoldi”, deb yozadi agentlik.

Al-Hamra portidagilar “Bloomberg”ning Rossiya yoqilg‘isini qayta yuklash haqidagi so‘roviga javob bermagan.

28 iyul kuni Chris nomli boshqa kema Al-Hamradan Misrning Qizil dengiz sohilidagi Ras Shuheir terminaliga jo‘nab ketgan. Ushbu terminal ham, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neftini Misr nefti bilan aralashtirish imkonini beradi.

2 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini kiritdi. Cheklovlar orasida Rossiya neftini yetkazib berishga qisman embargoni ham o‘z ichiga olgan. Shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiya neftini import qilishni taqiqladi. 27 iyul kuni “Reuters” agentligi G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) Rossiyadan neft narxining yuqori chegarasini belgilamoqchi ekanligi haqida xabar berdi.

Biroq, iyul oyida Rossiyada neft qazib olish iyun oyiga nisbatan 2 foizga oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing