Rossiya sanksiyalarga qarshi “ziddizahar” topdi – Siluanov

Olam

image

Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar bosimiga javob berish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar majmuasini o‘zi rahbarlik qilayotgan idoraning xizmati deb atadi. “Mamlakat sanksiyalarga qarshi “ziddizahar topdi”, deydi vazir “Start” onlayn kinoteatrida joylashtiriladigan “Rossiya moliyasi tarixi” milliy moliya tizimining shakllanishi haqidagi hujjatli filmida.

“Moliya vazirligining umumiy yutug‘i shundaki, biz murakkab vaziyatga javob choralarini ishlab chiqdik. Bizda allaqachon namunaviy harakatlar dasturi, iqtisodiyot va moliyamizni qanday qurishimiz kerakligi haqidagi qarorlar dasturi mavjud. Bunday cheklovlarda ishlash uchun allaqachon ma’lum “retsept”lar mavjud”, deydi Siluanov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sanksiya cheklovlariga dosh beryapti.

“Biz birgalikda yashashimiz kerak bo‘lgan cheklovlarga javob berishni allaqachon o‘rganganmiz. Biz bu sanksiyalarga qarshi ziddizahar”, deydi u.

1 noyabr kuni Start onlayn kinoteatri saytida Rossiya moliya tizimining shakllanishi haqidagi "Rossiya moliyasi tarixi" hujjatli filmining premerasi bo‘lib o‘tadi. Premera Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining 220 yilligiga bag‘ilab ishlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1097

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing