Rossiya sanksiyalar kuchaygan taqdirda arog‘ini O‘zbekistonga o‘tkazmoqchi

Olam

image

Agar Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kuchayishda davom etsa, Yevropaga atalgan spirtli ichimiliklar O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, Armaniston va Belarusga o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Kuzbass (Kemerov viloyati) Mintaqaviy qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligiga tayanib, TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Kuzbass spirtli ichimliklar zavodlaridan AQSHga spirtli ichimliklar yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari bekor qilingan. Boshqa tarafdan, eksportchilarning fikriga ko‘ra, Yevropa mamlakatlariga yetkazib berish faqat ortib bormoqda.

“Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Kuzbassdan kuchli alkogolli ichimliklar eksporti dunyoning 18 davlatiga amalga oshirilgan. Umumiy qiymati 29 million dollarga teng 7,9 ming tonna (1,58 million litr) spirtli ichimlik eksport qilingan. Ayni paytda Kuzbass Qishloq xo‘jaligi vazirligi faqat AQSH bilan alkogolli mahsulotlar bo‘yicha eksport shartnomalari bekor qilinganligi haqida ma’lumot oldi. Yevropa Ittifoqi aroq importiga taqiq kiritmagan. “Mariinskiy likero-vodochniy zavod” OAJ ma’lumotlariga ko‘ra, bu yo‘nalishda yetkazib berish faqat ortib bormoqda”, deyiladi hisobotda.

Viloyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kuzbassda kuchli alkogol eksporti bilan to‘rtta yirik korxona shug‘ullanadi – Sibir aroq kompaniyasi, Novokuznetsk spirtli ichimliklar zavodi, Mariinskiy spirtli ichimliklar zavodini o‘z ichiga olgan Beluga guruhi va Kuzbass spirtli ichimliklar zavodi. Asosiy eksport mahsuloti aroq hisoblanadi. O‘tgan yili eng kuchli spirtli ichimliklar Latviyaga – 1,2 million tonna, shuningdek, Germaniyaga – 97 ming litr eksport qilingan. Agar Yevropa mamlakatlari Kuzbass spirtini yetkazib berishdan bosh tortsa, bu ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish uchun eksport xaritasini qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin. 

“Sanksiyalar kuchaygan taqdirda ishlab chiqarish hajmi vaqtincha qisqarishi mumkin. Biroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun mo‘ljallangan alkogolli mahsulotlar hajmi do‘st davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Xitoy, Armaniston, Belarus va Yaqin Sharq mamlakatlariga sotilishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi Kuzbass Qishloq xo‘jaligi vazirligi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1017

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing