Rossiya rus tilini bilgan hammaga “vatandosh”lik bermoqchi

Olam

image

Davlat Dumasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin (“Yagona Rossiya” fraksiyasi) palataga rus tilini biladiganlarning barchasini vatandosh deb tan olishni taklif qiluvchi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat bugun, 28 mart kuni Dumaning elektron bazasiga joylashtirildi. 

Hujjatda qayd etilishicha, qonun loyihasida vatandosh degan asosiy tushunchaning asossiz keng talqin qilinishidagi kamchiliklar bartaraf etilgan.  Xususan,  rus tilini biladigan va tarixan Rossiya hududida yashagan xalqlarga mansub shaxslarni,  shuningdek,  bevosita ajdodlari Rossiya Federatsiyasi hududida tug‘ilgan yoki yashagan shaxslarni vatandoshlar deb tan olish taklif etilmoqda.

“Shu bilan birga, SSSR parchalanganidan keyin o‘tgan 30 yil davomida SSSR fuqaroligiga ega bo‘lmagan vatandoshlarning yangi avlodi yetishib chiqqani hisobga olinadi. Shu munosabat bilan SSSR fuqaroligi bilan bog‘liqlik vatandosh tushunchasi ta’rifidan chiqarib tashlanadi”, deyiladi hujjatda.

Qonun loyihasi, shuningdek, Rossiya hududida tarixan istiqomat qiluvchi xalqlar ro‘yxatini aniqlashtirishni taklif qiladi. Xususan, ro‘yxatga belarus va ukrain xalqlari vakillari, mahalliy xalqlar vakillari kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1546

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing