Rossiya rubliga Putinning suratini tushirish taklif qilindi

Olam

image

Rossiya milliy pul birligi rublga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning portretini joylashtirish taklif qilindi. Ushbu fikrni Rossiya Davlat Dumasi Iqtisodiy siyosat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, deputat Sergey Kalashnikov “Moskva gapiradi” radiosi efirida ma’lum qildi.

“Vladimir Vladimirovich Putinning portretini besh ming rubllik kupyuraga joylashtirish to‘g‘risida qonun kiritish kerak. Menimcha, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi”, deydi u.

Kalashnikov siyosiy arboblarni pul birliklarida aks ettirishni taklif qilgan birinchi shaxs emas. 2017 yilda xuddi shunday taklif Rahmon Yansukov boshqaruvidagi Avanti biznes-patriotizm uyushmasi tomonidan ham taklif qilingan.

Lekin ushbu taklif Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan rad etilgan bo‘lib, belgilangan an’anaga ko‘ra, banknotlarda faol siyosiy va jamoat arboblarining tasvirlari ishlatilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing