Rossiya razvedkachisi o‘z joniga qasd qildi

Olam

image

Rossiya Tashqi razvedka xizmati (SVR)ning iste’fodagi general-mayori Lev Sotskov Moskva janubi-g‘arbida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, xotini uning jasadini Novatorov ko‘chasidagi kvartiraning hammomidan topib olgan. Marhumning yonidan “TT” deb ataladigan to‘pponcha va eslatma topilgan. Unda Sotskov bu qurol Xalxin-Gol daryosidagi janglardan yodgorlik ekanini, uni Mo‘g‘uliston maxsus xizmatida ishlaganida olganini yozgan. 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 90 yoshli Lev Sotskov o‘z joniga qasd qilgan”, deyiladi TASS xabarida. 

Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmatining general-mayori Lev Sotskov 1932 yil 30 martda Leningradda tug‘ilgan, MGIMOni tamomlagan. 40 yildan ortiq xorijiy va markaziy tashqi razvedka apparatlarida ishlagan. 

U bir qancha nobadiiy kitoblar va tarixiy hujjatlar to‘plamlarini nashr etgan. SSSR tashqi razvedka xizmatining 1930 yildan 1945 yilgacha Buyuk Britaniyadagi faoliyatiga bag‘ishlangan “Tarantella operatsiyasi” kitobi uchun Sotskov 2006 yilda SVR mukofotini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

846

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing