Rossiya prokuraturasi mamlakatning eng boy tadbirkoriga nisbatan sudga da’vo kiritdi

Olam

image

Rossiya prokuraturasi mamlakatning eng badavlat tadbirkori Andrey Melnichenkoga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda Krasnoyarskning Sverdlovsk tuman sudidagi ish materiallariga tayanib, RBK xabar berdi.

Melnichenkodan tashqari, Melnichenkodan tashqari Xakass servis va ta’mirlash kompaniyasi va Kuzbass energetika va elektrlashtirish aksiyadorlik jamiyati ham ayblanuvchi sifatida ko‘rsatilgan. 

Da’vo bo‘yicha dastlabki sud majlisi 7 sentyabrga belgilangan.

Shuningdek, Bosh prokuratura “Sibir energetika kompaniyasi” AJni jarayonga uchinchi shaxs sifatida jalb etishni talab qilgan.

Da’vo mazmuni bilan tanish bo‘lgan RBK suhbatdoshining aytishicha, Bosh prokuraturaning da’volari energetika aktivlari bilan bog‘liq bo‘lib, Ochiq hukumat ishlari bo‘yicha sobiq vazir Mixail Abizov tuzilmalaridan sotib olingan. 

Melnichenkoning vakili “Vedomosti”ga da’vo kelib tushganini va advokatlar u bilan ishlayotganini tasdiqlagan. U qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan.

Qayd etilishicha, da’vo Melnichenkodan 2018 yilda milliarder nazorati ostidagi “Kuzbassenergo” va Xakass servis va ta’mirlash kompaniyasi orqali 32,51 milliard rublga sotib olingan “Sibeko” aksiyalarini davlat foydasiga undirish bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing