Rossiya Pasxa sulhini 2000 dan ortiq marta buzdi – Zelenskiy
Olam
−
21 aprel 5423 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani Pasxa sulhini buzganlikda aybladi, ammo Moskvani sulhni uzaytirishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi ikki ming martadan ortiq o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan, biroq havo tahdidi signali 20 aprel kuni bir marta ham yangramagan.
“Bu erishilgan va davom ettirish eng oson bo‘lgan sukunat formati. Ukraina uzaytirish imkoniyati bilan kamida 30 kun davomida fuqarolik infratuzilmasiga uzoq masofali dron va raketalar tomonidan har qanday zarba berishdan tiyilishni taklif qilmoqda”, deydi Zelenskiy.
Ukraina Prezidenti Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning hisobotiga tayanib, 30 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimida Rossiya qo‘shinlari turli yo‘nalishlarda, asosan, Pokrovskoyeda 67 ta hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
“1355 ta hujum qayd etilgan, ulardan 713 tasi og‘ir qurollar, shuningdek, rossiyaliklar tomonidan 673 tasi FPV dronlaridan foydalangan”, dedi Vladimir Zelenskiy.
Ishg‘ol qilingan Ukraina hududlari ishg‘olchilari ham Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganini e’lon qildi. Xerson viloyatining Moskva tomonidan tayinlangan “gubernatori” Volodimir Saldo Ukraina armiyasini Oleshki, Xola Pristan va Kaxovkaga dronlar hujumlari va minomyotlardan zarba berishda aybladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnikning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari 20 aprel kuni erta tongda Donetsk viloyati Gorlovkaning Nikitovskiy tumani, shuningdek, Kremennaya shahri chekkalarini o‘qqa tutgan.
Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi o‘t ochishni to‘xtatish rejimi e’lon qilinganidan so‘ng Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya pozitsiyalariga 444 marta o‘q uzganini va 900 ta uchuvchisiz havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml bugun, 21 aprel yarim tunda tugagan Pasxa sulhini uzaytirishni rejalashtirmayapti.
19 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan 19 aprel soat 18:00 dan boshlab 21 aprel kuni soat 00:00 ga qadar o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi. Ushbu 30 soatlik muddat ichida Rossiya qo‘shinlariga barcha harbiy harakatlarni to‘xtatish buyrug‘i berildi.
Vladimir Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga rozi bo‘ldi, uni uzaytirishni taklif qildi va Moskvani hujumlar va otishmalar davom etayotganlikda aybladi.
Live
Barchasi